empty
 
 

Accumulation/Distribution - A/D: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

To'planish/Taqsimlanish Texnik Indikatori (Accumulation Distribution, A/D) narx va hajmning o'zgarishi bilan belgilanadi. Hajm narxning o'zgarishida og'irlik koeffitsienti vazifasini bajaradi - koeffitsient hajmi qancha katta bo'lsa, indikatorning qiymatida narx o'zgarishining (berilgan vaqt oralig'ida) xissasi shunchalik ko'proq bo'ladi.

Aslida, bu indikator - ancha keng tarqalgan Balans Hajmi (On Balance Volume) indikatorining bir variantidir. Ularning ikkalasi ham savdolarning tegishli hajmini o'lchash yo'li bilan narx o'zgarishlarini tasdiqlash uchun foydaniladi.

Accumulation/Distribution (A/D) indikatorining o'sishi qimmatli qog'ozning to'planishini (xarid qilinishini) anglatadi, chunki savdo hajmlarining katta ulushi narxlarning ko'tariluvchi harakatlari bilan bog'liq. Indikator pastga tushganda bu holat qimmatli qog'ozning taqsimlanishini (sotilishini) anglatadi, chunki savdo hajmlarining katta ulushi narxlarning pastga tushishi harakatlari bilan bog'liq.

Accumulation/Distribution indikatori va qog'oz narxi o'rtasidagi farq narxlarning kutilayotgan o'zgarishi to'g'risida dalolat beradi. Odatda farq paydo bo'lgan holda narx yo'nalishi indikator harakati yo'nalishida o'zgaradi. Xususan, agar indikator o'ssa-yu, qog'oz narxi tushsa, u holda narxlarning qayta burilishini kutish lozim.

Hisoblash:

Indikatorining joriy to'plangan qiymatiga kunlik hajmning ma'lum ulushi qo'shiladi yoki ayriladi. Yopilish narxi kun maksimumiga qanchalik yaqin bo'lsa, qo'shiladigan ulush shunchalik ko'proq bo'ladi. Yopilish narxi kun minimumiga qanchalik yaqin bo'lsa, ayriladigan ulush shunchalik katta bo'ladi. Agar yopilish vaqti qat'iy ravishda maksimum va minimum orasida joylashgan bo'lsa, u holda indikatorning qiymati o'zgarmaydi.

A/D(i) =((CLOSE(i) - LOW(i)) - (HIGH(i) - CLOSE(i)) * VOLUME(i) / (HIGH(i) - LOW(i)) + A/D(i-1)

quyidagini bildiradi:

A/D(i) - joriy bar uchun To'planish/Taqsimlanish indikatorining qiymati;

CLOSE(i) – barning yopilish narxi;

LOW(i) – barning minimal narxi;

HIGH(i) – barning maksimal narxi;

VOLUME(i) – hajm;

A/D(i-1) - avvalgi bar uchun To'planish/Taqsimlanish indikatorining qiymati.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.