empty
 
 

Moving Average indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Moving Average texnik indikatori "Sirpanuvchi o'rtacha" (MA) ma'lum bir vaqt oralig'ida narxning o'rtacha qiymatini namoyish qiladi. Moving Averageni hisoblash vositaning berilgan vaqt oralig'idagi narxining matematik o'rtachasini ifodalaydi. Narxning dinamikasi qanday o'zgarishiga qarab, uning o'rtacha qiymati yoki ortadi, yoki kamayadi.

Sirpanuvchi o'rtachaning to'rt turi ajratiladi: oddiy yoki arifmetik, eksponensial, silliqlangan va muvozanatli. Moving Average indikatoridan ma'lumotlarning istagan ketma-ket to'plamini hisoblashda, shu ochish yoki yopish narxini, maksimal va minimal narxlarni, savdo hajmlarini yoki boshqa indikatorlarning qiymatlarini hisoblashda foydalanish mumkin. Ayrim hollarda treyderlar sirpanuvchi o'rtachalarning sirpanuvchi o'rtachalaridan ham foylanadilar.

Moving Average turlarining bir-biridan jiddiy farqi oxirgi ma'lumotlar bilan beriladigan turli xil vazn koeffitsientlari hisoblanadi. Oddiy sirpanuvchi o'rtacha (Simple Moving Average) holida ko'rib chiqilayotgan davrdagi barcha narxlar bir xil vaznga ega. eksponensial (Exponential Moving Average) va muvozanatli sirpanuvchi o'rtachalar (Linear Weighted Moving Average) oxirgi narxlarni ancha vazndor qiladi.

Ko'pincha sirpanuvchi o'rtacha narxlar uning dinamikasini narxning o'z dinamikasi bilan taqqoslash sifatida talqin etiladi. Agar Moving Average qiymati vosita narxidan past bo'lib qolsa - bu xarid qilish uchun signal bo'ladi, agar u narxdan yuqoriroq ko'tarilsa - bu sotish uchun ishora bo'ladi.

Sirpanuvchi o'rtachalar bo'yicha savdo tizimi joriy tendensiyaga muvofiq qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Ya'ni narxlar eng past qiymatga etgandan so'ng xarid qilish va narxlar yuqori cho'qqisiga etishi bilan darhol sotish. Sirpanuvchi o'rtacha qiymatlar uslubi shuningdek indikatorlarga ham qo'llanilishi mumkin. Bunda sirpanuvchi o'rtacha indikatorlarni aniqlash narxi sirpanuvchi o'rtacha qiymatlarining qiymatiga o'xshash: agar indikator o'zining Moving Averageidan yuqoriroq ko'tarilsa, u holda indikator qiymatining ko'tarilishi davom etadi, agar indikator Moving Averagedan pastroqqa tushsa, u holda indikator ko'rsatkichining pasayishi davom etadi.

Sirpanuvchi o'rtachalarining variantlari:

Simple Moving Average (SMA) — oddiy sirpanuvchi o'rtacha

Exponential Moving Average (EMA) — eksponensial sirpanuvchi o'rtacha

Smoothed Moving Average (SMMA) — silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha

Linear Weighted Moving Average (LWMA) — chiziqli-muvozanatli sirpanuvchi o'rtacha

moving average, sirpanuvchi o'rtacha usuli

Sirpanuvchi o'rtachalarni hisoblashga misol:

Oddiy sirpanuvchi o'rtacha (Simple Moving Average, SMA)

Oddiy yoki arifmetik sirpanuvchi o'rtacha qiymat birlik davrlarning ma'lum bir soni ichida vositani yopish narxlari yig'indisini topish yo'li bilan hisoblab topiladi, masalan 12 soat, yig'indini davrlar soniga keyinchalik bo'lish bilan.

SMA = SUM (CLOSE, N)/N

SUM — yig'indi;

CLOSE (i) — avvalgi davrning yopilish narxi;

N — hisoblashning davrlari soni.

Eksponensial sirpanuvchi o'rtacha (Exponential Moving Average, EMA)

eksponensial silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha sirpanuvchi o'rtachaning avvalgi qiymatiga yopilish joriy narxining ma'lum bir ulushini qo'shish yo'li bilan aniqlanadi. eksponensial sirpanuvchi o'rtachalar holida yopilishdagi oxirgi narxlar katta vaznga ega bo'ladi. R-foizli eksponensial sirpanuvchi o'rtacha quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

EMA = (CLOSE (i)*P) + (EMA (i-1)*(100-P))

CLOSE (i) — joriy davrning yopilish narxi;

EMA (i-1) — avvalgi davrning sirpanuvchi o'rtacha qiymati;

P — narxlar qiymatlaridan foydalanish ulushi.

Silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha (Smoothed Moving Average, SMMA)

Mazkur silliqlangan sirpanuvchi o'rtachaning birinchi qiymati oddiy sirpanuvchi o'rtacha (SMA) uchun hisoblagan qiymatga o'xshab hisoblanadi.

SUM1 = SUM(CLOSE, N)

SMMA1 = SUM1/N

Ikkinchi va keyingi sirpanuvchi o'rtachalar quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

SMMA (i) = (SUM1-SMMA1+CLOSE (i))/N

SUM — yig'indi;

SUM1 — avvalgi bardan hisoblanadigan N davrlarning yopilish narxlari yig'indisi;

SMMA (i - 1) — avvalgi barning silliqlangan sirpanuvchi o'rtachasi;

SMMA (i) — joriy barning silliqlangan sirpanuvchi o'rtachasi (birinchi bardan tashqari);

CLOSE (i) — joriy yopilish narxi;

N — silliqlash davri.

Chiziqli muvozanatli sirpanuvchi o'rtacha (Linear Weighted Moving Average, LWMA)

Muvozanatli sirpanuvchi o'rtachada oxirgi ma'lumotlarga katta vazni beriladi, yanada avvalgilariga - kichikroq vazn beriladi. Muvozanatli sirpanuvchi o'rtacha qaralayotgan qatorda yopilishidagi narxlarning har birini ma'lum bir vazn koeffitsientiga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanadi.

LWMA = SUM (Close (i)*i, N)/SUM (i, N)

SUM — yig'indi;

CLOSE(i) — joriy yopilish narxi;

SUM (i, N) — vazn koeffitsientlari yig'indisi;

N — silliqlash davri.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.