empty
 
 

"InstaForeksdan Ferrari yutib ol!" aksiyasining shartlari


1. Umumiy qoidalar

    • 1.1 Aksiyaning nomi – "InstaForeksdan Ferrari yutib ol!" (bundan buyon – aksiya).
    • 1.2 Aksiya InstaFintech kompaniyalar guruhi (bundan buyon – Tashkilotchi) tomonidan tashkil etilgan.
    • 1.3 Aksiya doirasida Ferrari F8 Tributo avtomobili o‘ynaladi.
    • 1.4 Aksiyani o‘tkazishning umumiy muddati – 2019 yil 9 dekabrdan 2022 yil 9 dekabrgacha (bundan buyon – aksiyani o‘tkazish davri).

2. Aksiya ishtirokchilari

    • 2.1 Aksiyada InstaForeks kompaniyasida haqiqiy savdo hisob-varaqlari egasi bo‘lgan layoqatli voyaga yetgan fuqarolar (bundan buyon - Ishtirokchi) ishtirok etishi mumkin.
    • 2.2 Aksiyada ishtirok etish uchun aksiyani o‘tkazish davrida InstaForeks kompaniyasidagi haqiqiy hisob-varag‘ini 1000 AQSh dollari va undan ortiqqa to‘ldirish va ro‘yxatdan o‘tish zarur. InstaForeks klub kartasi egalari uchun aksiyada ishtirok etish uchun zarur minimal depozit 500 AQSh dollarini tashkil etadi.
    • 2.3 Ishtirokchi aksiyada bittadan ortiq hisob-varag‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega, bu bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun o‘z imkoniyatlarini oshiradi. Biroq, 100 tadan ortiq hisob-varag‘i ochilgani aniqlangan holda tanlov ma’muriyati mazkur mijozning aksiya ishtirokchisi hisob-varaqlari sonini 100 tagacha kamaytirish huquqiga ega.
    • 2.4 aksiyada A - B + C > 1000.00 USD, shartini qanoatlartiruvchi istagan hisob-varag‘i ishtirok etishi mumkin, bu yerda A – 2019 yilning 9 dekabridan to‘ldirishlar summasi, B – 2019 yil 9 dekabridan yechilishlar summasi, C – savdo natijasi. Agar S<0 bo‘lsa, shart A - V > $1000 gacha qisqartiriladi. InstaForeks klub kartalari egalari uchun hisob-varag‘i A - B + C > $500 shartni qanoatlantirishi kerak, bu yerda A – 2019 yilning 9 dekabridan to‘ldirishlar summasi, B – 2019 yilning 9 dekabridan yechilishlar summasi, C – savdo natijasi. Agar S<0 bo‘lsa, shart A - V > $500 gacha qisqartiriladi.

3. Savdo shartlari

    • 3.1 Bozor narxlari bo‘yicha bo‘lmagan barcha savdo orderlar bekor qilinadi.
    • 3.2 Ishtirokchi savdo maslahatchilari va savdo strategiyalaridan cheklanmagan holda foydalanishi mumkin.
    • 3.3 Ishtirokchi istagan paytda Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish vositasida o‘zining hisob-varag‘ini Swap-Free (va aksincha)ga o‘zgartirishi mumkin.
    • 3.4 Aksiyada ishtirokchi hisob-varaqlar uchun qolgan barcha savdo shartlari InstaForeks kompaniyasidagi haqiqiy savdo varaqlari uchun savdo shartlariga o‘xshash.

4. G‘oliblarni aniqlash

    • 4.1 Ferrari F8 Tributo avtomobili o‘yinining g‘olibini aniqlash (bunday keyin – aksiya g‘olibi).
      • 4.1.1 Aksiya g‘olibining hisob-varag‘i quyidagi sxema vositasida aniqlanadi: g‘olibni aniqlash algoritmida hisob-varag‘ining keyingi 5 ta raqamidan foydalaniladi (u 5 xonalili, 6 xonalili yoki 7 xonali bo‘lishidan qat’iy nazar). Ko‘rsatilgan 5 ta raqam Ferrari — soni bilan mos tushganda, bu hisob-varag‘i egasi aksiya g‘olibi bo‘ladi.
      • 4.1.2 2020 yilning 9 dekabri juma soat 23:59 da quyidagi juftliklar bo‘yicha savdolarning yopilishi paytida kurslarni qayd etish o‘tkaziladi:
        • Ferrari-sonining birinchi raqami – EURUSD yopilishidagi oxirgi raqamdan oldingi raqam
        • Ferrari-sonining ikkinchi raqami – GBPUSD yopilishidagi oxirgi raqam
        • Ferrari-sonining uchinchi raqami - USDJPY yopilishidagi oxirgi raqam
        • Ferrari-sonining to‘rtinchi raqami - USDCHF yopilishidagi oxirgi raqam
        • Ferrari-sonining beshinchi raqami – USDCAD yopilishidagi oxirgi raqam
      • 4.1.3 Agar generatsiyalangan Ferrari-soni bilan mos tushgan hisob-varag‘ili Ishtirokchi bo‘lmasa, u holda undan keyingi yoki undan oldingi hisob-varag‘i g‘olib deb tan olinadi. G‘oliblar eng katta depozit tamoyili bo‘yicha tanlab olinadi, u A - B + C formula bo‘yicha hisoblanadi.
      • 4.1.4 Agar shu tarzda generatsiyalangan Ferrari-soni bilan bir necha raqamlar mos tushsa – 5-xonali hisob raqami 6 xonali hisob raqamining birinchi raqamini tashlab yuborish natijasi va 7 xonali savdo hisob-varag‘ida birinchi ikki raqamni tashlab yuborish natijasi, u holda bosh sovrin eng katta depozitli hisob-varag‘i egasiga tegishli bo‘ladi (eng katta depozit A - B + C formula bo‘yicha aniqlanadi).

5. Natijalarni e’lon qilish

    • 5.1 Ishtirokchilarning tanlov hisob-varaqlarini ro‘yxatga olinishiga chiqqan mamlakatlar va hududlarning statistikasi e’lon qilinishi mumkin.
    • 5.2 aksiya natijalari tadbir tugagandan so‘ng va barcha zarur tekshirishlar o‘tkazilgandan so‘ng 45 kun ichida e’lon qilinadi.
    • 5.3 Tanlov yakunlari va taqdirlash marosimidan reportaj www.instaforex.com veb-saytida va bir qator televidenie va bosma OAVlarida e’lon qilinadi.

6. Sovrinlarni olish

    • 6.1. Umumiy qoidalar.
      • 6.1.1 Aksiya g‘olibi aksiya va o‘yin natijalari e’lon qilingandan so‘ng 20 kun mobaynida Tashkilotchi bilan sovrinni olish sanasi, vaqti va joiyini telefon orqali kelishadilar.
      • 6.1.2 G‘olibning savdo hisob-varag‘i aniqlangandan so‘ng Tashkilotchi Ishtirokchi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek uning mazkur qoidalarning 2.1-2.3 bandlariga muvofiqligining haqqoniyligini tekshiradi. Agar birorta ma’lumot haqiqiy bo‘lmasa, shuningdek agar ishtirokchilar aksiyada ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmasalar, o‘yin haqiqiy deb tan olinmaydi.
      • 6.1.3 Sovrinni olish tartibi buzilgan holatda (pasport bo‘lmaganda, yoki uning amal qilish muddati o‘tib ketganda va boshqalar) Tashkilotchi sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
    • 6.2 Aksiya bosh sovrini – Ferrari F8 Tributo avtomobilini olish.
      • 6.2.1 Sovrin g‘olibga kompaniyaning RFdagi markaziy vakolatxonalaridan biri (Kaliningrad va Moskva) da topshirilishi yoki g‘olib bilan kelishuvga muvofiq dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilishi mumkin.
      • 6.2.2 Aksiya G‘olibiga sovrinni topshirish faqat uning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat ko‘rsatilganda va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda imzolanganda amalga oshiriladi: ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, pasport ma’lumotlari, aholi punktining kodini albatta ko‘rsatilgan holda aloqa telefon raqami. Yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlardan istalganini taqdim etishni rad etish g‘olibni sovrinni olish huquqidan avtomatik tarzda mahrum qiladi.
      • 6.2.3 Agar aksiya G‘olibi sovrinni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, topshirish shartnomasi g‘olibning notarial ishonchnomasi asosida boshqa shaxsga tuzilishi mumkin.
      • 6.2.4 Sovrin olingan paytdan boshlab aksiyaning istagan Ishtirokchisi amaldagi qonunchilikda belgilangan barcha soliqlar va boshqa mavjud majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi.
      • 6.2.5 Avtomobilni G‘olibning yashash manziliga yetkazib berish xarajatlarini Instaforeks kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi. Biroq G‘olib o‘z zimmasiga soliqlar va bojxona yig‘imlari bo‘yicha harajatlarni oladi.
      • 6.2.6 Aksiyaning bosh sovrini o‘rniga g‘olib muqobil sovrinni - 300 000 AQSh dollariga teng summani boshqarishga savdo hisob-varag‘ini ochishni tanlashi ham mumkin. Mazkur savdo hisob-varag‘i bir qator xususiyatlarga ega:
        • 300 000 AQSh dollari miqdoridagi boshlang‘ich mablag‘lar g‘olib ikki bosqichli verifikatsiyadan o‘tkazilgandan so‘nggina savdo hisob-varag‘iga o‘tkaziladi;
        • 300 000 AQSh dollari miqdoridagi boshlang‘ich mablag‘larni yechib olish mumkin emas, biroq ulardan olingan daromadning 50%i cheklashlarsiz yechib olinishi mumkin;
        • ochiq bitimlarning maksimal soni 10 dan ortiq bo‘lmasligi, barcha bitimlar bo‘yicha lotlar yig‘indisi 600 dan ortiq bo‘lmasligi kerak;
        • bitimning minimal miqdori 6 lotni tashkil etadi;
        • sovrin mablag‘lariga maksimal darajada mumkin bo‘lgan miqdordagi lotlarning yagona bir xil yo‘naltirilgan orderlarini ochish kabi, yoki bunday orderlar juda ko‘p bir xil yo‘naltirilgin pozitsiyalarni ochish yo‘li bilan sun’iy ravishda shakllantirish stratigiyalaridan foydalanish taqiqlandi;
        • foyda chiqarish uchun maksimal mumkin bo‘lgan summa sovrin mablag‘larining ikki karra summasi hisoblanadi.
      • 6.2.7 Istagan mablag‘larni yechishda berilgan sovrin to‘liq hajmda bekor qilinishiga G‘olib rozi bo‘ladi.

7. Yakuniy qoidalar

    • 7.1 Tashkilotchi aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar va axborotlarni himoya qilish, ulardan ruxsatsiz foydalanishga qarshi choralarni ko‘radi va uchinchi shaxslarga aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq axborotni taqdim etishga majbur emas.
    • 7.2 Aksiyada ishtirok etishning o‘zi Ishtirokchining u yutib chiqqan holda quyidagilarga rozi ekanligidan dalolat beradi::
      • intervyu berish, shu jumladan radio, televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida;
      • uning tasviridan (fotosuratlaridan va h.k.) Tashkilotchi reklama maqsadida foydalanishiga;
      • Tashkilotchi tomonidan uning ismi, familiyasidan qo‘shimcha haq to‘lamasdan reklama maqsadlarida foydalanishi mumkinligidan;
      • mazkur bandda ko‘rsatilgan ob’ektlardan foydalanib tayyorlangan reklama materiallariga barcha mualliflik huquqi Tashkilotchiga tegishli bo‘ladi.
    • 7.3 Aksiyani o‘tkazish va uning natijalari munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘ladigan barja janjallar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozim.
    • 7.4 Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchilarning uni o‘tkazish shartlari va qoidalari bilan tanishganliklari va to‘la roziliklarini avtomatik tarzda nazarda tutadi.
    • 7.5 Agar aksiya g‘olibi uni o‘tkazishning barcha shartlari va qoidalariga amal qilishdan bosh tort'sa, uning aksiyada ishtirok etishi bekor qilinadi.

8. Aksiya shartlari tili

    • 8.1. Shartlarning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi.
    • 8.2. Mijozlarga qulaylik uchun Kompaniya tomonidan aksiya shartlarining boshqa tillarga tarjimasi ham taqdim etilishi mumkin. Mazkur tarjima mutlaqo axborot berish xususiyatiga ega.
    • 8.3. Aksiyaning mazkur shartlarining ingliz tilidagi versiyasi bilan uning tarjimasi o‘rtasida har qanday har xillik paydo bo‘lgan hollarda ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.

Tanlovning bosh sahifasi Imkoniyatlarni hisoblash Ro‘yxatdan o‘tish

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.