empty
 
 

Indikator Momentum: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Momentum indikatori – eng oddiy trend indikatori hisoblanadi, texnik tahlilga tegishli bo'ladi.

Momentum indikatori tufayli moliyaviy vosita narxining ma'lum bir vaqt oralig'ida o'zgarishi kattaligini aniqlash mumkin.

Momentum indikatoridan qo'yidagi tarzda foydalanish mumkin:

Sirpanuvchi o'rtacha qiymatlarning yaqinlashishi/uzoqlashishi (Moving Average Convergence/Divergence MACD) texnik indikatoriga o'xshash holda tendensiya ketidan boruvchi ossillyator sifatida. Bu holda, agar Momentum indikatori cho'kishni hosil qilib, ko'tarila boshlasa, sotib olish uchun signal vujudga keladi; agar indikator cho'qqiga etib, pastga tomon burilsa, u holda sotish uchun signal beriladi. Momentum indikatorining burilish paytlarini yanada aniqroq belgilash uchun uning qisqa Sirpanuvchi o'rtacha qiymatidan foydalanish mumkin.

Momentum indikatorining eng yuqori yoki eng quyi qiymatlari joriy tendensiyaning davom etishini nazarda tutadi. Xususan, agar indikator eng yuqori qiymatga etsa va keyin pastga tomon burilsa, u holda narxlarning yanada ko'tarilishini kutish mumkin. Ammo har qanday holatda ham narxlar indikator signalini tasdiqlamaguncha pozitsiyalarni ochish (yoki yopish)ga shoshilishmaslik kerak.

Ilgarilab ketuvchi indikator sifatida. Bu usul ko'tariluvchi tendensiyaning yakuniy fazasi odatda narxlarning juda tez ko'tarilishi bilan kuzatilishi (chunki hamma uning davom etishiga ishonada), "ayiq" bozorining oxiri esa ularning keskin tushib ketishi bilan (chunki hamma bozordan chiqishga intiladi) kuzatilishi to'g'risidagi taxminga asoslangan. Ko'pincha aynan shu holat yuz beradi, ammo bu nihoyatda keng umumlashtirishdir.

Bozorning cho'qqiga yaqinlashishi Momentum indikatorining keskin sakrashi bilan birga kuzatiladi. Keyin narxlar ko'tarilishda davom etganda yoki gorizontal harakatlanganda u pastga tusha boshlaydi. O'xshashlik bo'yicha bozor asosida Momentum-indikator keskin pastga tushadi, keyin esa narxlag ko'tarila boshlagundan ancha avval yuqoriga tomon buriladi. Ikkala holda ham Momentum indikatori va narxlar o'rtasida farq paydo bo'ladi.

momentum индикатори

Hisoblash

Indikator Momentum indikatori bugungi narxni n davr ortdagi narxga nisbati sifatida aniqlanadi:

MOMENTUM = CLOSE(i)/CLOSE(i-N)*100

Bu yerda:

CLOSE(i) – joriy barning yopilish narxi;

CLOSE(i-N) – n bar ortdagi narxning yopilishi.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.