empty
 
 

Stochastic Oscillator: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Stoxastik Ossillyator Texnik Indikatori (Stochastic Oscillator) yopilishidagi joriy narxni tanlab olingan vaqt davri ichidagi narxlar diapazoni bilan taqqoslaydi. Indikator ikki chiziq bilan ifodalanadi. Bosh chiziq %K deb ataladi. Ikkinchi chiziq %D deb atalib, bu %K chiziqning sirpanuvchi o'rtachasidir. Odatda %K tutash yaxlit chiziq bilan tasvirlanadi, %D esa punktir chiziq bilan ifodalanadi. Stoxastik Ossillyatorning uchta eng ko'p tarqalgan interpretatsiya uslubi mavjud:

Ossillyator (%K yoki %D) avval ma'lum darajadan (odatda 20 dan) pastga tushganda, keyin esa undan yuqoriga ko'tarilganda xarid qiling. Ossillyator avval bir darajadan (odatda 80 dan) yuqoriga ko'tarilganda, keyin esa undan pastga tushganda soting.

Agar %K chiziq %D chiziqdan yuqoriroq ko'tarilsa, xarid qiling. Agar %K chiziq %D chiziqdan pastga tushsa, soting.
Farqlarni kuzating. Masalan: narxlar bir qator maksimumlarni tashkil etadi, Stochastic Oscillator esa o'zining avvalgi maksimumlaridan yuqoriga ko'tarila olmaydi.

Hisoblash

Stoxastik ossillyatorni hisoblash uchun to'rtta o'zgaruvchidan foydalaniladi:
- %K davrlar. Bu stoxastik ossillyatorini hisoblash uchun foydalaniladigan birlik davrlar soni.
- %K sekinlashish davrlari. Bu kattalik %K chiziqning ichki silliqlanganligi darajasini belgilaydi. 1 qiymatni tez stoxastik ossillyator beradi, 3 qiymatni esa sekin stoxastik ossillyator beradi.
- %D davrlar. Bu %K o'rtacha sirpanuvchi chiziqni hisoblash uchun foydalaniladigan ayrim davrlar soni.
- %D usuli. Bu silliqlash usuli bo'lib (eksponensial, oddiy, silliqlangan yoki muvozanatli), %D ni hisoblashda foydalaniladi.

%K ni hisoblash uchun formula:
%K = (CLOSE-LOW(%K))/(HIGH(%K)-LOW(%K))*100
Bu yerda:
CLOSE - bugungi yopilish narxi;
LOW(%K) - %K davrlar soni uchun eng kichik minimum;
HIGH(%K) - %K davrlar soni ichidagi eng katta maksimum.
O'rtacha sirpanuvchi %D quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
%D = SMA(%K, N)
Bu yerda:
N - silliqlash davri;
SMA - oddiy o'rtacha sirpanuvchi.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.